Inson resurslari amaliyotlari
Oriyentatsiya: Kani-Lab’da ish boshlagan xodimlarga bir oylik sinov muddati davomida bemor va shifokor munosabatlarini yaxshilaydigan asosiy orientatsiya (moslashish) treninglari hamda eng zamonaviy jihozlarda rotatsiya bilan ishlash orqali ish o‘rgatiladi.
Menejment-murabbiylik: mehnat faoliyati davomida mehnat totuvligini ta’minlash siyosati doirasida jamoa bo‘lib ishlash ta’minlanadigan shaklda professional menejerlar tomonidan maslahatlar beriladi.
Haq to‘lash: teng ish uchun teng haq to‘lash siyosati doirasida ish haqi ish kuni va ishdagi ko‘rsatkichlarga qarab to‘lanadi.
Salomatlik-xavfsizlik: xodimlarning yaxlit salomatligini himoya qilish orqali ish samaradorligini saqlab qolish siyosatiga muvofiq soni va sifati yetarli bo‘lgan xodimlar ishlatiladi va xodimlariga vaqti-vaqti bilan ta’til beradi.
Xodimlar bilan munosabatlar: xodimlar mamnuniyatini bemorlar mamnuniyatining birinchi tamoyili deb biladi hamda muntazam so‘rovlar va tahlillar o‘tkazish orqali natijalarga ko‘ra xodimlarning sodiqligini qo‘llab-quvvatlovchi tizimli tadbirlarni amalga oshiradi.
Ta’lim: xodimlarni kasbiy bilimlarini yangilash uchun ilmiy kongresslar va seminarlarga yuboradi hamda ularni ta’limni davom ettirishga undaydi. Shaxsiy rivojlanishlari uchun yillik rejalar tuzib, muassasa ichida va tashqarisida u muntazam ravishda treninglar o‘tkazadi.